AQShning Arizona shtati senatori Jon Makkeyn Janubiy Xitoy dengizining bahslarga sabab hududiga keskin harakatlar uyushtirishini aytib Xitoyga tahdid qildi. Bu haqida Financial Times sahifalarida ma'lumot berildi.
Makkeynning fikricha, Xitoy mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirmoqda.
"Ma'muriyat tavakkaal qilishga qo‘rqayapti va bu siyosat Xitoyning dengiz ustunligiga erishishiga to‘sqinlik qila olmadi", - deb hisoblaydi senator.
Siyosatchi ikki oydan so‘ng Janubiy Xitoy dengizidagi Filippin va Xitoy hududiy bahsi bo‘yicha qaror chiqarilishini eslatib qo‘ydi. Makkeyn bu orada Xitoy o‘zining mintaqadagi o‘rnini mustahkamlashga harakat qilishi mumkin deb hisoblamoqda.
"Agar shunday bo‘lsa, AQSh darhol o‘zining harbiy aviatsiyasini mintaqaga jo‘natishi kerak", deydi senator.