Mail.Ru Group bosh direktori robototexnikaga 100 mln dollar investitsiya qiladi

Jahon 10:26 / 12.04.2016 981

Mail.Ru Group asoschilaridan biri va bosh direktori Dmitriy Grishin 100 mln dollarlik mablag‘ga ega Grishin Robotics’ning yangi jamg‘armasini ochdi. Bu haqda "Gazeta.ru" nashri ixtiyoriga tushgan matbuot bayonotida ma'lum qilinmoqda.

Ta'kidlanishicha, birinchi jamg‘arma 2012 yilda ochilgan, uning kapitali 25 mln dollarni tashkil qilgan. Jamg‘armaning asosiy maqsadi robototexnika, internet buyumlar va boshqa "aqlli" qurilmalar bilan bog‘liq loyihalar bilan shug‘ullanuvchi startaplarni moliyalashtirishdan iborat. Grishin Robotics ofislari San-Frantsisko va Londonda joylashadi. Yangi jamg‘armaning birinchi bitimi uy va kvartiralar xavfsizligini ta'minlashga mo‘ljallangan "aqlli" qurilmalar yaratuvchi Ring kompaniyasining S raundda ishtiroki bo‘ldi.

Avvalgi 4 yil davomida Grishin Robotics 12 ta kompaniyaga investitsiya ajratgan. Jamg‘arma har bir kompaniya uchun 10 mln dollar ajratib va ko‘proq yetakchi investor rolida ishtirok etib, yangi kapitalni jalb qilish bilan A va V seriyadagi bitimlarga e'tiborini mujassamlashtirmoqchi.

A va V seriyadagi bitimlar deb, bozorda mavjud bo‘lgan, ishni muvaffaqiyatli boshlagan, biroq qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish, rivojlanish yoki xorijiy bozorlarga chiqish uchun mablag‘larga ehtiyoj sezuvchi kompaniyalarga nisbatan aytiladi. S seriyadagi bitim esa kichik kompaniyalarga nisbatan aytilib, ularda g‘oya, mahsulot, talab mavjudligining tasdig‘i, jamoa bo‘ladi, ular "jadallashib olish uchun" mablag‘larga ehtiyoj sezadilar.

Ko‘proq yangiliklar: