«Zenit» klubining belgiyalik himoyachisi Nikolas Lomberts vatanida sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlaridan keyin Belgiyadagi muhojirlar o‘rtasidagi ekstremizm muammolari haqida gapirib o‘tdi.
«Bunday voqea men bilan ham sodir bo‘lishi mumkin, sababi o‘sha kuni men Belgiyada edim. Otam ikki soatcha oldin terakt sodir bo‘lgan joydan o‘tgandi. Shunday vaziyatlarda xavfsizliging naqadar nozik holatda ekanini his qilarkansan.
Hozir Belgiya, asosan Bryusselda, ekstremistlar, musulmonlar qatlami bilan muammolar bor. Ular o‘sha yerda yashashadi, istagan ishini qilishadi, hech kim ularga tegmaydi. Bu muammo qariyb 20 yildan buyon mavjud: ular bizning madaniyatga o‘rganishi shart emas, bu xuddi gettoga o‘xshaydi. Ular o‘sha yerda yashashadi. Ular fransuz, holland yoki nemis tilini o‘rganishlari zarur hisoblanmaydi.
Ular belgiyaliklarga o‘xshab ishga, qo‘lga kiritgan imkoniyatlarga ega bo‘la olmaydigandek o‘zlarini tutishadi. Biz ular uchun irqchilarmiz. Ammo, o‘ylashimcha bu o‘ta kulguli. Chunki ularga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ular Belgiyaga kirib kelishganida yaxshi yashashlari uchun bizdan pul olishgan. Ularga nima xohlagan bo‘lishsa, barchasi berilgan.
Ammo ularning ba'zilari butunlay boshqacha o‘ylashadi «agar o‘zingni portlatib yuborsang, yettita bokira qizga ega bo‘lasan» degan xayol bilan yashashadi. Bunday gapga ishonish uchun o‘ta ketgan ahmoq bo‘lish kerak.
Belgiyaliklar, fransuzlar, yevropaliklar umuman olganda ancha ochiq hudud bo‘lib qolgan. Agar biz hozir qandaydir siyosiy harakat qilsak, bizni irqchiga chiqarib qo‘yishlari mumkin. Biz juda yumshoq muomalada bo‘lamiz. Mana bizning muammoimiz qayerda», – deya Lombertsdan iqtibos keltiradi «R-Sport».