JCh-2018 3-bosqichi uchun qur'a: O‘zbekiston terma jamoasi raqiblari ma'lum bo‘ldi

Sport 14:06 / 12.04.2016 17812

Futbol bo‘yicha 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining 3-tur saralash bosqichida O‘zbekiston milliy terma jamoasi raqiblari nomi ma'lum bo‘ldi.

Bugun, 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlangan qur'a tashlash marosimida JCh-2018 saralashining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan o‘rin egalladi.

Qur'a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Suriya, Qatar, Xitoy, Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan maydonga tushadi.

A guruhi: Eron, Janubiy Koreya, O‘zbekiston, Xitoy, Qatar, Suriya;
V guruhi: Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Tailand.

Samvel Babayan qo‘li ostidagi terma jamoa 3-saralash bosqichini 2016 yilning 1 sentabr kuni Toshkentda Suriyani qabul qilish orqali boshlaydi.

Birinchi davra

2016 yil, 1 sentabr. O‘zbekiston - Suriya;
2016 yil, 6 sentabr. Qatar - O‘zbekiston;
2016 yil, 6 oktabr. O‘zbekiston - Eron;
2016 yil, 11 oktabr. O‘zbekiston - Xitoy;
2016 yil, 15 noyabr. Janubiy Koreya - O‘zbekiston.

Ikkinchi davra safarda 23 mart kuni Suriya terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlanadi.

Ikkinchi davra

2017 yil, 23 mart. Suriya - O‘zbekiston;
2017 yil, 28 mart. O‘zbekiston - Qatar;
2017 yil, 13 iyun. Eron - O‘zbekiston;
2017 yil, 31 avgust. Xitoy - O‘zbekiston;
2017 yil, 5 sentabr. O‘zbekiston - Janubiy Koreya.

Ko‘proq yangiliklar: