Italiyada zaif banklar va kreditorlarga yordam ko‘rsatish uchun 5 mlrd yevrolik jamg‘arma tashkil etildi

Iqtisodiyot 13:37 / 12.04.2016 1110

Italiyada banklar, sug‘urta va boshqaruv kompaniyalari hukumat qo‘llab-quvvatlashi ostida zaif banklar va kreditorlarga yordam ko‘rsatish uchun 5 milliard yevroli jamg‘arma tashkil etildi, deb yozadi Financial Times.

Jamg‘arma tashkil qilishning sababi investorlarning Italiyada uchinchi iqtisodiy yevrohudud hisoblangan bank sektorining barqarorligi borasidagi xavotirlaridir.

Olti soatlik muzokaralardan so‘ng tomonlar shunga kelishishdi: xususiy kompaniyalar zarur vositalarni yetkazib beradilar, Italiya hukumati esa investorlar tomonidan muammoli kreditlarning berilishiga to‘siq sifatida qabul qilinuvchi Yevropaning bankrotlik haqidagi qonunlar normalariga muvofiqlashtiradi. Ekspertlarning baholashlaricha, ularning davlat iqtisodiyotidagi umumiy hajmi 360 milliard dollarga yetgan.

"Yaqin kunlarda biz barcha o‘z vositalarini vaqtida qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishi uchun bankrotlik jarayonini yanada tezlashtiramiz va soddalashtiramiz", - dedi Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi.

Ko‘proq yangiliklar: