Goldman Sachs Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi oqibatlari haqida ogohlantiradi

Jahon 17:06 / 12.04.2016 1065

Agar Buyuk Britaniya fuqarolari referendumda mamlakatning YeI tarkibidan chiqishiga ovoz berishsa, Amerikaning Goldman Sachs bankining Londonda qurilayotgan Yevropa shtab-kvartirasi ancha bo‘shab qolishi mumkin. Bu haqida The Wall Street Journal ma'lum qildi.

Nashrning izoh berishicha, agar Buyuk Britaniya YeIdan chiqsa, u holda bu yerda Shveytsariya, Osiyo va Amerika kompaniyalari, shu jumladan banklarining shtab-kvartiralari joylashtirilishi o‘z mohiyatini yo‘qotadi: mamlakat blokdan ajraladi va shunga muvofiq bu korxonalar Yevropa bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini yo‘qotadi.

Bugungi kunda Buyuk Britaniya Yevropaning moliyaviy derivativlar va valyuta bilan savdo qiluvchi markazi hisoblanadi. Mamlakatdagi bank aktivlarining yarmi - 9,8 trillion dollar Britaniya muassasalariga tegishli emas.

"Goldman Sachs banki Britaniyaning YeIdan chiqishiga keskin qarshilik qiladi", deb yozadi The Wall Street Journal.

"Mana uch yildirki, ular bunday qarorning salbiy tomonlari haqida yozma ravishda ogohlantiradi. Undan tashqari bank bu yo‘lda 700 000 dollar sarfladi.

Birlashgan Qirollik uchun mamlakatdagi moliyaviy xizmatlar sanoatini saqlab qolish muhim. Bu sohani nima bilan almashtirish mumkinligini bilmayman", - dedi Goldman Sachs prezidenti Gari Kon.

Ko‘proq yangiliklar: