Diter Xekking: «Volfsburg»ga yana bir favqulodda ajoyib kun kerak»

Sport 17:41 / 12.04.2016 1716

«Volfsburg» jamoasi bosh murabbiyi Diter Xekking Madridda YeChLning chorak finali doirasida «Real»ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvi (birinchi bahsda 2:0 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan) oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Biz birinchi uchrashuvda hurmatga loyiq o‘yin namoyish etdik. Javob uchrashuvidan so‘ng, bizni hurmat qiladiganlar soni keskin ortishi mumkin. Barchasi o‘zimizga bog‘liq. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatmoqchimiz, stadionga kimning qancha muxlisi kelishi ahamiyatga ega emas.

Bizga yana bir marta favqulodda ajoyib kun kerak va biz Chempionlar Ligasidagi yurishimizni davom ettirishni istaymiz. Topshiriqni ado etishni kutib sabrimiz chidamayapti. Biz bu to‘siqdan o‘tsak, tarixga kirishimiz mumkinligini juda yaxshi anglab turibmiz», – deydi Xekking.

Ko‘proq yangiliklar: