Daromad solig‘ining 2016 yilgi yangi tartiblari

Jamiyat 20:16 / 12.04.2016 10207

Joriy qilingan yangi tartib haqda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azim Hakimov ma'lumotiga asoslanib, “Darakchi” nashri xabar bermoqda.

2016 yilning 1 yanvaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarida soliq solinadigan daromadning ikkinchi shkalasi 2015 yildagi 8,5 foizdan 1 foizli punktga kamaytirilib, 7,5 foiz qilib belgilandi va qolgan stavkalar 2015 yil darajasida saqlanib qolindi.

Shunga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 2016 yil 1 yanvardan boshlab o‘sib boruvchi tartibda soliq solinadigan daromadning eng kam ish haqining bir baravarigacha «0» foiz, eng kam ish haqining bir baravaridan (+1so‘m) besh baravarigacha miqdorga 7,5 foiz, besh baravaridan (+1so‘m) o‘n baravarigacha miqdorga 17 foiz, o‘n baravaridan (+1so‘m) va undan yuqori miqdorda — 23 foiz stavkada qo‘llaniladi.

Soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo‘yicha soliq solish shkalasi yil boshida 2016 yilning 1 yanvarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida, ya'ni 130 240 so‘mdan kelib chiqib aniqlanadi hamda eng kam ish haqi miqdori yil davomida o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: