Chechenistonda joriy yilda 1 apreldan boshlangan bahorgi harbiy xizmatga chaqiriq bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Bu yil xizmatga hech kim yuborilmaydi, chunki yigitlarimizning moslashuvi ketmoqda, axir chechenlar deyarli chorak asr armiyada bo‘lmaganlar", deb aytdi Checheniston harbiy komissari Axmed Jayrxanov.
Chechenistonlik askarlarning muddatli harbiy chaqirig‘i 2014 yilda, 22 yilda birinchi marta o‘tgandi. O‘shanda 500 chechen harbiy xizmatga chaqirtirilgan. Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda chechenistonlik yangi askarlar armiyada qanday xizmat o‘tayotganlari tahlil qilinmoqda.
"Qo‘shinlar qismlari qo‘mondonlaridan harbiy komissar nomiga 181 nafar harbiyga minnatdorchilik maktublari keldi, 100 ga yaqin askar kichik komandir unvonini oldi", deb aytdi Jayrxanov.
Ta'kidlanishicha, Chechenistonda chaqiriq yoshidagilar umumiy soni 86 mingga yaqinni tashkil qiladi. Agar yangi chaqirilganlar moslashuvi muvaffaqiyatli o‘tsa, armiyaga jo‘natish davom etadi va tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Avvalroq Chechenistonning Borzoy Shatoy tumanida joylashgan harbiy xizmatga chaqiriq qismida rus va chechen millatidagi harbiy xizmatchilar o‘rtasida chiqqan ommaviy mushtlashuv videosi chop etilgandi.