Buyuk Britaniyadagi telekanal studiyasida sichqon yurganini payqab qolishdi

Jahon 18:49 / 12.04.2016 1128

Buyuk Britaniyaning ITV telekanali studiyasida sichqon o‘rmalab yurganini payqab qolishdi. Bu haqda Mail Online xabar tarqatgan.

Bu gazanda jonivorni telekanal tomoshabinlari "Bu tong" ko‘rsatuvi efiri vaqtida boshlovchi fonida ko‘rib qolishgan.

Boshlovchi Holli Uillobi bu vaqtda tanlov tafsilotlari haqida so‘zlayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda ekranning bir burchida qora paydo bo‘lgan.

"Hollining ortida yugurib o‘tgan qora nimaniki edi", deya tvitterdagilardan biri yozadi.
"Bu sichqonga o‘xshardi", deya unga javob qaytaradi boshqa bir tvitter foydalanuvchisi.

Mail Online nashri ITV telekanaliga bu hodisa yuzasidan murojaat qilgan, hozircha javob olinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: