2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi chiptalar uchun narxlarni e'lon qildi

Sport 09:52 / 12.04.2016 2244

Janubiy Koreyaning Pxenchan shahrida o‘tkaziladigan 2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi chiptalar narxlarini ma'lum qildi. Turnirning ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok etishni istaganlar kamida 168 yevrodan sarflashlari kerak bo‘ladi. Olimpiada o‘yinlari vaqtida bir musobaqa chiptasi kamida 15 yevrodan bo‘ladi. Bu haqda Insidethegames.biz sayti ma'lumotlarida keltirilgan.

Turnirning turli sportlariga oid musobaqalarida chiptalar 15 yevrodan 689 yevrogacha sotiladi. Ochilish va yopilish marosimi uchun chiptalar narxi 168 yevrodan 1147 yevrogacha etib belgilangan.

Tashkiliy qo‘mitaning ma'lum qilishicha, turnir chiptalari narxlari Vankuverdagi 2010 yili o‘tkazilgan olimpiadagi narxlarga yaqin, 2014 yilgi Sochi olimpiadasidagidan biroz arzonroq bo‘ladi. Bu olimpiada chiptalari shu yilning oktabridan sotuvga chiqariladi.

15 turdagi sport musobaqalari chiptalarining yarmi narxi tribunalardagi muxlislar sonini oshirish maqsadida 61 yevro yoki undan past bo‘ladi. Xokkey musobaqalarining finali uchun chiptalar narxi 229 yevrodan 689 yevrogacha, figurali uchish bo‘yicha o‘yinlar uchun chiptala narxi 115 yevrodan 612 yevrogacha bo‘ladi.

Pxenchandagi olimpiada 2018 yilning 9-25 fevral kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: