Rossiya IIVning kinologiya xizmati bo‘yicha markazida Moskva bo‘limiga rahbarlik qiluvchi Yelena Xaykovaning ma'lum qilishicha, futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati xavfsizligini ta'minlash maqsadida itlar tayyorgarlik o‘tamoqda.
Uning aytishicha, bunday itlar stadion hududlarida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan portlovchi qurilmalarni izlashga tayyorlanadi.
"Hozircha biz o‘z bazamizda tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Turnir yaqinlashganida ishlar o‘yinlar o‘tkaziladigan stadionlarda olib boriladi. Itlar xavfli portlovchi qurilmalarni tezkorlik bilan topishga o‘rgatiladi.
Mundial vaqtida kinologlar Moskvadagi «Spartak», «Lokomotiv», TsSKA jamoalari stadionlarida, shuningdek «Lujniki» stadionida qorovullik qilishadi. O‘yinlar vaqtida stadion atrofidagi politsiya halqasi bilan birga kinologlar hamrohligidagi itlar ham bo‘ladi. Biz muzlislar va sportchilar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha harakatlarni boshlaganmiz.
Turnir boshlanishidan yakunlanishigacha, o‘yinlar o‘tkaziladigan barcha shaharlardagi stadionlarda xavfsizlik sharoitlari ta'minlanadi", deya Xaykovaning so‘zlarini keltiradi M24.