Rossiya Banki 2017 yilda 2000 va 200 birlikdagi kupyuralarni muomalaga kiritadi. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Elvira Nabiullina ma'lum qilgan.
“Rossiya Banki direktorlar kengashi muomaladagi kupyuralarni 200 va 2000 birlikdagi yangi kupyuralar bilan boyitish masalasida qaror qabul qildi. Bizning nazarimizcha, fuqarolar savdo-sotiq va xixmat ko‘rsatishda yengillikni keltirib chiqaradi”, — dedi u.
Uning aytishicha, aksari rossiyaliklar 100 va 500 rubl va 1000 va 5000 rubl o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshiradi.