2015 yili Germaniyada 6 ming voyaga yetmagan qochqin yo‘qolib qolgan

Jahon 15:33 / 12.04.2016 957

2015 yil davomida Germaniyaga kattalar hamrohligisiz kelgan voyaga yetmagan qochqinlarning olti ming nafarga yaqini yo‘qolgan. Bu haqda Die Zeit xabar berdi.

Germaniya IIVning parlament so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, nemis hukumati bedarak ketgan voyaga yetmaganlarning qayerda ekani to‘g‘risida hech qanday ma'lumotlarga ega emas. Shuningdek, kichik yoshli qochoqlarning yo‘qolishi sabablari aniqlanmay qolmoqda.

Yo‘qolgan bolaning har o‘ninchisi 14 yoshga yetmagan bolalar bo‘lgani aytilgan.

Xabarda aytilishicha, yo‘qolganlarning aksariyati Afg‘oniston, Suriya, Eritreya, Jazoir va Marokashdan kelishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: