“Universiada – 2016” sport o‘yinlarining hududiy saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Sport 19:27 / 12.04.2016 1984

Namanganda “Universiada – 2016” sport o‘yinlarining futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va boks bo‘yicha hududiy saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

“Universiada – 2016” musobaqalarining final bosqichiga beriladigan yo‘llanma uchun Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari terma jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Voleybol bo‘yicha bellashuvlarda Namangan viloyati o‘g‘il bolalar va qizlar terma jamoasi g‘olib bo‘lib, finalga yo‘llanma oldi. Basketbolchilar bahsida namanganlik qizlar farg‘onalik va andijonlik tengqurlarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar musobaqasida g‘oliblik Andijon viloyati jamoasiga nasib etdi.

Qo‘l to‘pi bo‘yicha andijonlik qizlar va farg‘onalik o‘g‘il bolalar terma jamoasi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Farg‘ona viloyati terma jamoasi final bosqichiga chiqdi.

Boks bo‘yicha bellashuvlarda har uch viloyatdan 30 nafar yosh charm qo‘lqop ustasi 10 vazn toifasida ringga chiqdi. Namanganlik Shukurjon Rahimov, Burgut Hojiboyev, Farg‘ona viloyatidan Abdulla Qo‘chqorov, Ziyoviddin Tohirov, Fazliddin Meliboyev, Kozimjon Mardonov, Bahrom Fozilov, Asilbek Soliyev, Andijon viloyatidan Hasanboy Do‘stmatov, Feruz Maksayev o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi va musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar “Universiada-2016” sport o‘yinlarining Farg‘onada o‘tkaziladigan mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: