«Zenit» futbolchisi Dzyuba tramvayda konduktor bo‘lib ishladi

Sport 22:21 / 11.04.2016 1106

«Zenit» jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba peterburgliklar jamoasining «Davay-davay!» deya nomlangan xayriya aksiyasida ishtirok etdi.

U o‘z va'dasiga ko‘ra, aksiyadagi ishtiroki orqali yig‘ilgan million rubldan ortiqroq miqdordagi mablag‘ni «Rusfond» homiyligidagi nogiron bola Aleshi Krinitskogoning davolanishi uchun topshirgan.

Dzyuba o‘z dam olish kunida 3 raqamli tramvay qatnaydigan Repin ko‘chasiga chiqqan. U bu yerda Alyosha bilan uchrashgan va unga o‘z futbolkasini sovg‘a qilgan. Keyin uniforma kiyib, tramvayga chiqqan va konduktor sifatida ishlagan. U 3 soat davomida tramvayda bo‘lgan.

Bu vaqt davomida o‘nlab muxlislar u bilan suratlarga tushishgan va undan avtograflar olishgan.

«Kun ajoyib o‘tdi. Tajriba uchun ishlab ko‘rdim. Yaxshiyamki, menga Vladimir (tramvay konduktori - tahririyat) hamrohlik qildi, unda yumor hissi yaxshi ekan.

Avvaliga tramvayda odam juda ko‘p bo‘ldi va diqqat bilan ishlashga to‘g‘ri keldi. Umuman ishni yaxshi bajardim deb o‘ylayman.

Lekin nazarimda yo‘lovchilardan biri yo‘l haqini to‘lamasdan qochib qoldi, biz uni to‘sa olmadik va u bekatlardan birida tushib ketdi. Hechqisi yo‘q, uni tutamiz!» – deydi Dzyuba.

Xalk nogiron bola uchun xayriya mablag‘i yig‘ish tadbirida qatnashib, Nevskiy prospektida qo‘shiq kuyladi

Ko‘proq yangiliklar: