Yaponiyada yordamga shay robot-gidlar savdosi boshlandi

Jahon 15:44 / 11.04.2016 1153

Yaponiya elektrotexnik giganti Hitachi yirik savdo markazlarida tashrif buyuruvchilarga yordam berishga ixtisoslashgan yangi robot-gid savdosiga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“EMIEW3” nomli apparat optik sensorlar yordamida olomon ichidan dovdirab turgan, sarosimada qolgan yoki bo‘linmalar ko‘rsatilgan tablo oldida ikkilanib turgan odamlarni ajratib oladi. Robot g‘ildirakchalarida ularga yaqinlashadi va ovoz chiqarib yordam taklif qiladi. U yapon va ingliz tillarida “gapira oladi”.

Kibernetik gid xaridordan unga nima kerakligini aniqlab, uni kerakli rasta oldiga olib keladi. Robot bulut texnologiyalari yordamida masofaviy serverlar bilan bog‘langani evaziga o‘zida juda katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlay oladi.

Apparat shuningdek, ulkan savdo markazlarida ota-onasini yo‘qotib qo‘ygan bolalarni qidirish maqsadida ham foydalaniladi. Bolani qo‘rqitib yubormaslik uchun robotga multfilm qahramonining ko‘rinishi berildi va bo‘yini ham 90 santimetr balandlikda qoldirishdi.

Hitachi ushbu modelni takomillashtirib unga yangi vazifalar yuklatmoqchi. Korporatsiya 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpia o‘yinlarida robot-gidlarning katta partiyasini sotmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: