Xitoy janubi-g‘arbida maktab devori qulashi oqibatida bir bola halok bo‘ldi

Jahon 16:42 / 11.04.2016 1734

Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida yuz bergan baxtsiz xodisa natijasida, 1 bola hayotdan ko‘z yumgan, yana 4 nafari tan jarohati olgan. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar qildi.

Hududdagi maktablardan birining devori qulab tushgani shunday ayanchli oqibatlarga olib kelgan.

Fojia provinsiyaning markazidagi Kayli shahrida yuz bergan.

Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Boshqa o‘quvchilar zudlik bilan xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari surshtiruv ishlarini olib borishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: