AQSh prezidenti lavozimiga nomzod milliarder Donald Tramp xayr-saxovat uchun o‘z mablag‘laridan bir sent ham ishlatmagan, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri.
Tramp shtabi tomonidan xayriya maqsadlarida xayriya jamg‘armalariga 102 mln dollar ajratilganining isboti sifatida tarqatilgan, 4844 ta banddan iborat hujjatlar tahlili davomida Trampning shaxsiy mablag‘laridan xayriya ishlariga pul o‘tkazilgani haqida birorta band topilmagan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, aytilgan xayr-ehsonlarning katta qismi xayriya auksionlarida o‘ynalgan milliarder bilan bepul golf partiyasi hisoblanib, xayriya oluvchilar orasida xayr-saxovat ishlariga aloqasi bo‘lmagan turli korxonalar va hattoki tennischi Serena Uilyams ham bor.
Shuningdek, hujjatlarda Donald J. Trump Foundation tashkiloti nomi keltirilgan, bu tashkilot nomidan ko‘plab ehsonlar amalga oshirilgan, biroq uning o‘zi Trampdan 2009 yildan 2014 yilgacha pul olmagan.
Avvalroq Tramp CNN telekompaniyasidan debatlardagi ishtiroki uchun 10 mln dollar xayriya qilishni so‘ragani ma'lum qilingandi.