Toshkent shahridani Inha universiteti (IUT) 11 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha yangi kurs ochdi. Bu haqda universitet axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, IUT 2015-yilning yozidan boshlab bolalarni vizual dasturlashga o‘rgatish maqsadida Codecraft loyihasini ochgan edi. Kurslar davomida bolalar Scratch 2 tili asosida dasturlashni o‘zlashtiradilar. Yaqinda esa IUT bolalarni dasturlashga o‘rgatishni yanada chuqurlashtirish uchun Advanced Scratch 2 kursini ochdi.
Yangi kurs Codecraft loyihasining davomi bo‘libgina qolmay, uni yangi bosqichga olib chiqadi. Kurs davomida bolalar Android platformasida mobil ilovalarni dasturlashni o‘rganadilar.
Codecraft loyihasi rahbari Farhod Musayev so‘zlariga ko‘ra, ilk kursda 15 nafar bolalar ishtirok etmoqdalar. Kurs dasturi MIT App Inventor 2 yechimi asosida qurilgan. Scratch kurslaridagi kabi, yangi kurs bolalarni dasturlash asoslari va ijodiy yondoshuvni o‘rgatishga yo‘naltirilgan. “Kursda olgan bilimlari asosida boshqa istalgan dasturlash tillarini yengil o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, - dedi F.Musayev.
Codecraft loyihasi haqida to‘liq ma'lumotni www.codecraft.uz saytidan olish mumkin.