Tojikiston elchixonasi Rossiya TIVga metrodagi tajovuz sababli nota yubordi

Jamiyat 16:59 / 11.04.2016 2289

Tojikistonning Moskvadagi elchixonasi o‘z fuqarosiga Moskva metrosida tajovuz qilinishini haqqoniy tergov qilishda yordam berish iltimosi bilan Rossiya tashqi ishlar vazirligiga arznoma yubordi. Bu haqda «Russkaya slujba «Bi-bi-si» xabar berdi.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchining qarindoshlari hujum etnik adovat maqsadida amalga oshirilgan deb hisoblashmoqda.

Bundan oldinroq, Tojikiston elchixonasi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga metrodagi tajovuz sababli arznoma yubormoqchiligi haqida xabar qilingandi.

8 aprel kuni metro poyezdi "Kalujskaya" stansiyasiga tomon harakatlanayotganda vagonda ikki yo‘lovchi bahslashib qolgani, oqibatda 60 yoshli moskvalik ikkinchi yo‘lovchining boshiga travmatik to‘pponchadan ikki marta o‘q uzgani ma'lum qilingandi. Qonunbuzar voqea joyidan qochib ketgan, biroq keyinroq qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: