Suriyada yana 4 nafar eronlik harbiy halok bo‘lgani tasdiqlandi

Jahon 21:31 / 11.04.2016 977

Suriyada 4 nafar eronlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Bundan bir hafta oldin Suriyaga harbiy maslahatchilar sifatida Eron harbiy kuchlari bo‘linmasi safida kelgan 4 harbiy halok bo‘lgan. Ulardan biri qo‘mondon Mosen Kitaslo ekani ma'lum. Qolgan qurbonlarning shaxsi aniqlanmagan", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, Eron Milliy xavfsizlik xizmati kengashi kotibi Suriya prezidenti Bashar Asadni Palmiraning IShIDdan ozod qilingani bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Eron Suriyada terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokini davom ettirishini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: