Suriya hududidan raketa uchirilishi tufayli Turkiyada bir necha kishi jarohatlandi

Jahon 22:01 / 11.04.2016 944

Suriya hududidan o‘t ochilishi tufayli Turkiyaning Kilis shahri hududida bir necha kishi jarohatlangan. Bu haqda Turkiya nashrlariga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Suriya shimolidan uchirilgan raketa Turkiyaning janubi-sharqidagi aholi turarjoy hududiga kelib tushgan.

Bu hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mart oyida ham shunga o‘xshash hodisa tufayli Kilisda bir kishi halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: