Mehr agentligining ma'lum qilishicha, rasmiy Tehron Rossiyaning S-300 zenit-raketa majmualarini xarid qilish to‘g‘risidiga bitim doirasida ilk to‘plamlarni qabul qilib olgan.
"Ushbu shartnoma bajarilishi muddati bir necha marotaba ortga surilganiga qaramay, batamom ijro etiladi. S-300 majmualarining ilk partiyasi yetkazib berilgani shunday deyishga asos bo‘ladi", -deb bayonot bergan Eron TIV rasmiy vakili Jabariy Ansoriy.
Bundan avval, "Interfaks" agentligi qurol-yarog‘lar eksporti bo‘yicha shug‘ullanuvchi tashkilot mulozimiga tayangan holda, S-300 majmuasining ilk to‘plamlari Eronga jo‘natilgani haqida xabar qilgan edi. Ammo unda tizimning soniga aniqlik kiritilmagandi.