«Rosneft» Rossiyadagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Iqtisodiyot 19:44 / 11.04.2016 1369

«Rosneft» birinchi marta «Gazprom»dan o‘zib ketib, Rossiyadagi eng qimmatbaho kompaniyaga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Vedomosti nashrining yozishicha, Moskvadagi birjada «Rosneft»ning kapitalizatsiyasi bugunga qadar 3,465 trillion rublni, «Gazprom»niki esa - 3,447 trillion rublni tashkil etdi.

London birjasida «Rosneft»ning kapitalizatsiyasi 11 aprelda 51,083 milliard dollarni, «Gazprom»niki - 50,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Nashrda neft qiymatining pasayishiga qaramay, «Rosneft» yil boshidan beri qimmatlashib kelayotgani ta'kidlangan.

Kompaniya yanvar oyidan buyon 1,4 barobar qimmatlashgan. «Gazprom»da esa bu jarayon sekinroq amalga oshgan, yil boshidan beri konsern London birjasida 1,1 barobar qimmatlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: