Qozog‘iston va Eron 1 mlrd dollarlik 50ta kelishuv imzoladi

Iqtisodiyot 16:18 / 11.04.2016 1352

Qozog‘iston va Eron biznes doiralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha 50ta kelishuv imzolangan va bu kelishuvlarning umumiy qiymati 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda Tehronda bo‘lib o‘tgan majlis natijalariga ko‘ra, "Bayterek" holdingi boshqaruvchisi xabar bergan.

Tehrondagi majlisda ikki tomonning 200dan ortiq kompaniyalari vakillari ishtirok etishgan.

Bu majlis Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning Eronga safari doirasida o‘tkazilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu majlisda imzolangan 50 hujjatdan 9tasi "Bayterek" holdingiga aloqador bo‘lib, qimati 304 mln dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: