Peruda 10 aprel kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida “Xalq qudrati” markaziy o‘ng partiya raisi Keyko Fuhimori eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Biroq Janubiy Amerika davlati yangi rahbarining ismi ikkinchi turda aniq bo‘ladi. Chunki hech bir nomzod birinchi turdayoq g‘alabani ta'minlaydigan 50 foizdan ortiq saylovchilarning ovoziga ega bo‘la olmadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Peruda 22,9 million kishi saylovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (mamlakat aholisi 30,7 million kishi). Milliy qonunchilikka ko‘ra, 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha odamlar saylash huquqiga ega.
O‘tgan saylovlar davomida peruliklar ikki vitse-prezident, bir palatali kongressning (milliy parlament) 130 nafar a'zosi, shuningdek, And parlamenti – And millatlar hamjamiyati maslahat organida respublikadan vakil bo‘luvchi besh nafar deputatni saylashdi.
Yangi davlat rahbari inauguratsiyasi (qasamyod) 2016 yil 28 iyuliga rejalashtirilgan. Prezidentlik muddati besh yil.