O‘zbekistonlik grossmeyster Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Sport 17:02 / 11.04.2016 936

Angliyaning Herrou shahrida shaxmat bo‘yicha Colin Crouch Celebration Chess Congress turniri yakunlandi. Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatgan.

Shveytsarcha tizimda o‘tkazilgan to‘qqiz turdan iborat musobaqada qirqdan ziyod shaxmatchi bahslashdi. Jahongir Vohidov polshalik Patrik Stanits, angliyalik Markus Osborn, Jyeyms Jyekson, Piter Batchelor, AQSh vakili Timur Gareyev, vengriyalik Tamas Fodorni mag‘lub etib, avstraliyalik Jastin Tan, vengriyalik Ferents Berkesh va angliyalik Daniyel Gormalli bilan durang o‘ynadi.

To‘qqiz turning birontasida mag‘lubiyatga uchramay, 7,5 ochko jamg‘argan Jahongir Vohidov musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: