O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 12 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 5 so‘m 71 tiyinga o‘sib, 2888 so‘m 39 tiyin etib belgilandi.
12 apreldan e'tiboran 1 yevro qiymati 3286 so‘m 53 tiyin (5 apreldagi kursga nisbatan 36 so‘m 95 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 42 so‘m 81 tiyin (5 apreldagi kursga nisbatan 12 tiyinga arzonlashgan) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.