OAV: Standard Chartered Osiyodagi aktivlarini 4,4 mlrd dollarga sotadi

Iqtisodiyot 19:22 / 11.04.2016 1330

Buyuk Britaniyaning moliyaviy konglomerati Standard Chartered Plc Osiyo mintaqasidagi mavjud qimmatli qog‘ozlarini 4,4 mlrd AQSh dollariga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar bergan.

Xabar qilinishicha, moliya muassasasi Hindistondagi 1,4 mlrd dollarga yaqin "yomon" kreditlar portfelidan voz kechmoqchi. Bundan tashqari, bank Xitoy, Indoneziya va Malayziyadagi boshqa aktivlarini ham sotishni boshlagan.

Standard Chartered XIX asrda, Afrika va Hindistonda moliyaviy amaliyotlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan. Uning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi daromadi umumiy foydasining 75 foizini tashkil etadi.

Standard Chartered Plc 2015 yilda, 1989 yildan beri eng yirik zarar ko‘rgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: