OAV: Daily Mail Yahoo’ni sotib olishga qiziqmoqda

Jahon 12:17 / 11.04.2016 1532

Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri egalari, Amerikaning Yahoo internet-kompaniyasi aktivlarini xarid qilish g‘oyasini muhokama etishmoqda. Ushbu vaziyatdan xabardor manbalar shu haqda The Wall Street Journal nashriga ma'lum qilishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Daily Mail xo‘jayinlari bir nechta xususiy kompaniyalar bilan Amerika kompaniyasiga tegishli media aktivlarni xarid qilish taklifini yuborish masalasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Ammo hozircha ikki tomon vakillari uchrashishmagan.

Ayni vaqtda manbalarning so‘zlariga qaraganda, xarid bitimining bir necha ehtimoli mavjud. Shulardan biriga ko‘ra, Daily Mail Yahooning yangiliklar va media aktivlarini xarid qilsa, boshqa xaridorlar Yahoo’ning qolgan barcha qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: