Jon Favroning “Jungli kitobi” filmi MDH kinoprokati ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egalladi. Bu haqda Kinobusiness.com 7-dan 10 aprelgacha bo‘lgan norasmiy va boshlang‘ich ma'lumotlarga asoslanib xabar berdi. Lenta 517,9 million rubl (taxminan 22,3 milliard so‘m) mablag‘ yiqqan.
Ikkinchi o‘rinda Ilya Nayshullerning “Xardkor” nomli jangari filmi (88,2 million rubl - taxminan 3,8 milliard so‘m).
Uchinchi o‘rin esa “Zveropolis” animatsion filmiga nasib qildi (25,7 million rubl – taxminan 1,1 milliard so‘m).
Kuchli beshlikda "Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida" (25,4 mln rubl) va "Qahramon" (17 mln rubl) nomlari bor.