«Lester»ning g‘alabasidan keyin tarixda ilk marta Italiyadagi gazeta muqovasi APLga bag‘ishlandi

Sport 17:53 / 11.04.2016 1347

Italiyadagi Corriere dello Sport gazetasining dushanba kungi soni muqovasida «Lester» jamoasi haqidagi material chiqdi.

Bu tarixda ilk marta ushbu gazetaning birinchi sahifasi Angliya chempionati vakiliga atalishi bo‘ldi. Shu vaqtgacha Italiyaning eng mashhur nashrining muqovasida Angliya chempionati uchun o‘rin berilmagan.

Qayd etish kerakki, «Lester» jamoasi bosh murabbiyi italiyalik Klaudio Raneri bo‘lib, gazetaning bugungi soni birinchi sahifasida uning suratlari o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: