AQSh davlat kotibi Jon Kerri Yaponiyada portlatilgan atom bombasi xotirasiga Xirosimada qurilgan tinchlik parkiga tashrif buyurdi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.
Kerri 1945 yil Amerika bombardimonidan keyin Xirosimaga kelgan birinchi AQSh davlat kotibi bo‘ldi.
U atom bombasi qurbonlari yodgorligi ostiga gulchambar qo‘ydi. Ushbu ramziy marosimda uning buyuk britaniyalik va fransiyalik hamkasblari ham ishtirok etishdi.
Davlat kotibi yodgorlik majmuasining mehmonlar kitobida qoldirgan yozuvini o‘zining tvitter sahifasida qoldirdi.
Honored to be 1st Sec State to visit Hiroshima Peace Memorial Museum & Park. Here is what I wrote in the guestbook. pic.twitter.com/suQSxMCLs1
— John Kerry (@JohnKerry) 11 aprelya 2016 g.