Ayni vaqtda Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi a'zosi hisoblanadigan, o‘z vaqtida "Arsenal" va "Zenit" jamoalarida yulduzli davrlarni o‘tkazgan rossiyalik futbolchi Andrey Arshavin hazilni yoqtiradigan muxlislari uchun o‘ziga xos intervyu berdi.
Bu intervyuda u o‘ziga berilgan qisqa savollarga qisqa va kulgini qistatadigan javoblar qaytargan.
Savollardan oxirgisida undan o‘z uyiga taklif etib, kattaroq intervyu uyushtirishi va mehmon qilishi ehtimoli haqida so‘rashadi.
"Yo‘q. Mening birinchi rafiqam uydagi barcha narsani ko‘tarib ketgan", deya hazil qiladi u.