Bolgariya Yevropaning gaz markazi bo‘lish istagini bildirdi

Jahon 15:55 / 11.04.2016 1614

Bolgariya Yevropani gaz bilan ta'minlovchi markaz bo‘lish istagida. Bu haqida Bolgariyaning energetika vaziri Temenujka Petkovaga asoslanib, Novinite nashri xabar tarqatgan.

"Ustuvor vazifasi tabiiy gaz yetkazib berishda manbalar va yo‘nalishlar diversifikatsiyasi bo‘lgan Bolgariya uchun energetika sohasida o‘z siyosiy yo‘liga amal qilish juda muhim. Gaz markazi va diversifikatsiya bo‘lishi uchun esa birinchi navbatda shunga munosib infrastruktura yaratilishi zarur", - dedi Petkova.

U Bolgariya hukumatining qo‘shni davlatlar bilan manba va yo‘nalishlar diversifikatsiyasi uchun xalqaro aloqalar yaratish ustida ish olib borayotganini ta'kidladi.

"Shunda Bolgariya Yevropaning gaz tarqatuvchi markazi bo‘lishiga hech qanday to‘siqlar qolmaydi", - dedi vazir.

Shuningdek, Petkova Bolgariyaning ham sharq, ham janubdan tabiiy gaz yo‘nalishlari o‘tuvchi tabiiy markaz ekanini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: