Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 11 aprel kuni mamlakatda nafaqa yoshini oshirish to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘ydi.
"Farmonda 2017 yilning 1 yanvaridan joriy nafaqa yoshini erkaklar - 63, ayollar - 58 yoshgacha har yili bosqichma-bosqich 6 oyga oshirilishi nazarda tutilgan", - deb xabar berishdi prezident matbuot xizmatida.
Hujjatda shuningdek yoshning oshishi ham nazarda tutilgan (6 yilda 3 yoshga), bunda chegirmali mehnat nafaqasi va yoshga doir nafaqa, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat yoshining oshib borishi ko‘zda tutilgan.
"Hujjat o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-demografik sharoitlarda nafaqa bilan ta'minlash dasturini yanada takomillashtirishga qaratilgan", - deyildi matbuot xizmatida.