AQShda 91 metr balandlikdan yiqilib tushgan kuchuk tirik qoldi

Jamiyat 13:43 / 11.04.2016 1857

Amerikaning Yuta shtatida it 91 metr balandlikdan yiqilib omon qoldi, deb xabar berdi CBS News. Voqea Zayon milliy parkida sodir bo‘lgan.

Igl-Mauntinlik Makinnes oilasi bir yoshli Tobi ismli bobteyl bilan sayr qilib yurishgan. Birdaniga it o‘zidan-o‘zi qoyadan sakragan.

Vashington okrugi sherifining vakillari so‘zlariga ko‘ra, Tobi 46 metrga yaqin balandlikdan yiqilgan, keyin esa shunday balandlikdagi tog‘ yonbag‘ridan dumalab tushgan.
It bosh, miya va ko‘z qismidan jarohat olgan. Shuningdek, ko‘p joyi shilingan.

Veterinar Kelli Xyuston so‘zlariga ko‘ra, uning ishlash tarixida olti metr balandlikdan tushib halok bo‘lgan bemorlari bo‘lgan. Uning aytishicha, Tobining tirik qolganini mo‘jiza deb atasa ham bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: