Anri: Gvardiola jamoadagi barchadan, hatto qahva tayyorlovchidan ham jamoa foydasi uchun nimadir kutadi

Sport 15:45 / 11.04.2016 1038

«Arsenal» va «Barselona» jamoalarining sobiq hujumchisi hisoblanuvchi fransiyalik sobiq futbolchi Terri Anri «Manchester Siti»ning bo‘lg‘usi murabbiyi Xosep Gvardiolaning ish uslubi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ushbu mutaxassis bilan «Barselona»da birga ishlagan Anri uning haddan tashqari talabchanligiga urg‘u qaratgan.

«Gvardiola o‘z futbolchilariga nisbatan o‘ta talabchan bo‘ladi. U jamoaning har bir vakilidan nimadir kutadi, u hatto kofe tayyorlovchi xodim ham jamoa uchun nimadir berishiga ishonadi. Uning ishida barchasi mukammal. Lekin uning bo‘lajak shogirdlari undan hayiqmasliklari kerak. Agar futbolchi uning uslubiga mos tushmaydigan bo‘lsa, Gvardiola uni o‘z uslubiga moslashtiradi», — deydi Anri Saturday Night Football ko‘rsatuvi efirida.

Ko‘proq yangiliklar: