Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) FIFAdan sobiq futbolchilarning aqli zaif bo‘lib qolishiga futbol o‘yini sabab bo‘lishi mumkinligi borasida tadqiqot olib borishda yordam so‘radi.
Bunday taklif FA tibbiy bo‘limi boshlig‘i doktor Yyen Bislidan chiqqan. Bisli futbol tufayli o‘yinchilarning kelgusi hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan kasallik bo‘yicha tushuncha olishni istamoqda.
«Bu juda muhim – futbol o‘yini orqasidan insonda aqliy zaiflik yuzaga kelishi mumkin yoki yo‘qligi bo‘yicha aniq tushuncha bo‘lishi kerak. Odatda bunday holatlar bosh bilan to‘qnashuvlarda miya chayqalishi natijasida yuzaga keladi», – deydi Bisli.
Angliyada bu masala birinchi marta ko‘tarilayotgani yo‘q. Bundan oldinroq, 1966 yilda terma jamoa bilan JChda zafar quchgan uch nafar futbolchining Altsgeymer xastaligiga chalinganida ham bu masala ko‘tarilgan. Shuningdek, terma jamoa sobiq futbolchisi Jyeff Estlaning boshidan juda ko‘p bora to‘pdan zarba qabul qilib olgani natijasida 2002 yilda vafot etgani ham masalaga chuqurroq yondashishga sabab bo‘lmoqda.