AQSh harbiy dengiz kuchlari zobiti josuslikda, maxfiy axborot uzatishda va noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etganlikda ayblanmoqda.
U sakkiz oy muqaddam qurolli kuchlar qo‘mondonligi Tinch okeani aerodromida boshqa davlatga qochib ketishga urinish chog‘ida qo‘lga olingan. Bu haqda CNN telekompaniyasiga asoslanib TASS xabar berdi.
Endi kapitan-leytenant unvonidagi harbiy xizmatchi tribunal oldida javob beradi. U AQSh HDK safida qancha xizmat qilgani va qaysi davlat foydasi uchun ayg‘oqchilik qilgani hozircha oshkor qilinmagan.
Harbiy dengizchi josuslikda va yolg‘on ma'lumot yetkazishda ayblanmoqda. Yolg‘on axborot taqdim etish ayblovi unga xorij safari xususida rahbariyatni xabardor qilmagani hamda safar hujjatlarida noto‘g‘ri ma'lumotlar ko‘rsatgani uchun e'lon qilindi.
Bundan tashqari, u maxfiy yuk tashish, buzuqlik va oilaviy xiyonatda ham ayblanmoqda.
Tergov-surishtiruv ishi bilan harbiy dengiz kuchlari jinoiy qidiruv Xizmati va tergov Federal byurosi shug‘ullanmoqda.