100 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Mariupolda yubileyini nishonladi

Jamiyat 16:48 / 11.04.2016 1106

Rossiyalik 100 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Vitaliy Federov sportning yengil atletika, miltiqdan o‘q uzish, basketbol, voleybol, suzish turlari bilan mukammal shug‘ullangan. Frontdan so‘ng Azov davlat texnik universitetida jismoniy tarbiyadan saboq bergan.

"Ko‘pchilik talabalar jismoniy tarbiyani aynan Federov dars bergani uchungina yaxshi ko‘rishardi", - dedi ADTU metallurgiya fakulteti dekani Leonid Tarasyuk.

Vitaliy Federovning oilasi xorijda yashaydi, shuning uchun uning 100 yoshli yubileyiga qizi va evarasigina kelishdi.

"Bir joyda o‘tirishi juda qiyin. Hattoki biz yoshlarning unga yetib olishimiz qiyin, chunki biz erinchoqmiz. Bobomizda esa erinchoqlik tushunchasining o‘zi yo‘q", - dedi Federovning evarasi Eleonora Dal.

Vitaliy Federov uzoq umr ko‘rish - bu eng avvalo o‘z ustida ishlash, deb hisoblaydi.

"Chekishni va spirtli ichimliklarni ichishni tashlang. Uyda kamroq uxlang, ko‘proq ochiq havoda yuring", - deydi 100 yoshli bobo.

Federov 1 may kuni talabalar bilan Azov dengizi suzish mavsumini ochib berishga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: