Shvetsiyada noma'lum shaxslar arab maktabiga o‘t qo‘yishdi

Jahon 09:21 / 10.04.2016 1000

Shvetsiyaning Malmyo shahrida noma'lum shaxslar Al-Saloma arab maktabiga o‘t qo‘yishdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

"Arab maktabi binosida kuchli yong‘in chiqdi. Bino to‘liq alanga ichida qolgan", deb aytdi qutqaruv xizmati zobiti Pol Byurexag.

Ta'kidlanishicha, voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan shubhali avtomobilni payqashgan. Politsiya xodimlari avtomobilni ushlashmoqchi bo‘lishgan, biroq noma'lum shaxslar yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Maktabning voqea joyida bo‘lgan 20 nafarga yaqin xodimi bu holatga izoh berishdan bosh tortgan. Ulardan hech biri jabrlanmagan.

Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda va qochib ketgan qonunbuzarlarni qidirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: