Messi 2011 yildan buyon ilk marta qatorasiga 4ta o‘yinda gol ura olmadi

Sport 12:13 / 10.04.2016 1185

«Barselona» jamoasi hujumchisi Lionel Messi «Real Sosedad»ga qarshi Ispaniya chempionatining 32 turi doirasida o‘tkazilgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin o‘zining golsiz seriyasini 4ta o‘yinga yetkazdi.

Primera tarixidagi eng yaxshi to‘purar 362 daqiqadan buyon o‘yinlarda gol ura olmayapti. Uning bunday golsiz seriyasi oxirgi marta 2011 yilda qayd etilgandi. O‘shanda argentinalik futbolchi 416 daqiqa davomida raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olmagandi. Uning golsiz seriyasi o‘sha mavsumda YeChL finalida to‘xtagan, u «Manchester Yunayted»ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan o‘yindagi gollarning uchinchisiga mualliflik qilgandi.

Joriy mavsumda Messi turli turnirlar doirasidagi 41 uchrashuvda 37ta gol urgan.

Uning faoliyatida urilgan gollari soni 499ta bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: