Nyu-Yorkda Ledi Gaga chalgan eng birinchi pianino auksionga qo‘yildi, deb xabar beradi The Wrap nashri tvitterda.
Qayd etilishicha, amerikalik xonanda bu pianinodan besh yoshida foydalangan. U Gaganing buvisi va bobosi tomonidan 1996 yilda 780 dollarga sotib olingan.
Julien's Auctions kimoshdi savdo uyi mazkur musiqa asbobini 200-250 ming dollarga baholadi, kimoshdi savdosi esa 2016 yilning 21 mayida Nyu-Yorkda o‘tkaziladi.
Sotuvdan tushgan barcha mablag‘lar 2012 yilda xonanda tashkil etgan Born This Way Foundation xayriya jamg‘armasi hisobiga tushiriladi.