Kanadalik omadli kishi lotereyada 38,4 mln dollar yutib oldi

Jamiyat 11:21 / 10.04.2016 1919

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatida yashovchi kishi Lotto Max lotereyasini o‘ynab, 50 mln Kanada dollari (38,4 mln dollar) miqdoridagi yutuqqa ega bo‘lgan. Bu haqda mamlakat bo‘ylab o‘nga yaqin turli lotereya o‘yinlari o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan Atlantic Lottery assotsiatsisi vakili ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda yutuq chiqqan chipta Keloun shahridagi do‘konlardan birida sotib olingani ma'lum. "Yutuq raqami - 9, 12, 13, 14, 28, 39 i 41", - deya aniqlik kiritishgan tashkilotchilar. Bundan tashqari, shu kungi o‘yinlarda yana bir omadli kishi 1 mln Kanada dollari (770 ming AQSh dollari) miqdoridagi yutuqqa ega bo‘lgan.

2015 yilning oktabrida "49tadan 6tasi" lotereyasida Kanada tarixidagi eng katta jyekpot o‘ynalgandi: 64 mln Kanada dollari (49,5 mln AQSh dollari).

2015 yilning dekabri oxirida esa Lotto Max lotereyasida 60 mln Kanada dollari (46,2 mln AQSh dollari) miqdoridagi jyekpot egasi aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: