Hindistondagi ibodatxonada chiqqan yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 100 nafardan oshdi

Jahon 12:05 / 10.04.2016 1278

Hindistonning g‘arbidagi Kollam shahrida joylashgan induistlar ibodatxonasida chiqqan yong‘in tufayli qurbon bo‘lgan kishilar soni 100 nafardan oshgan. The Hindu gazetasi qurbonlar soni 102 nafarligi, jarohatlanganlar soni 350 nafardan oshiqligi haqida yozgan.

Bundan oldingi xabarlarda qurbonlar soni 83 nafar bo‘lgani aytilgandi.

Qayd etilishicha, ko‘p kishi shifoxonaga olib ketilayotganida jon bergan.

Voqea 10 aprelga o‘tar kechasi ro‘y berdi. Bunga diniy tantanalar vaqtida ishlatilgan mushaklarning portlashi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda Hindistonda 14 aprelda boshlanuvchi quyosh Yangi yiliga bag‘ishlangan tantanalar o‘tmoqda.

Portlash kuchi tufayli atrofdagi binolarga ham jiddiy shikast yetgan.

Ayni vaqtda Kerala shtati IIV rahbariyati voqea joyiga kelgan, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: