Hindiston g‘arbidagi butxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 83 nafarga yetdi

Jahon 10:23 / 10.04.2016 790

Hindistonning janubi-g‘arbida joylashgan Kerala shtatida joylashgan ibodatxonada chiqqan yong‘in tufayli halok bo‘lganlar soni 83 nafarga yetgan. Shuningdek, NDTV telekanalida xabar qilinishicha, 350 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga keltirilgan.

Bundan oldinroq, yong‘in tufayli qurbon bo‘lganlar soni 77 kishi ekani aytilgandi.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi shaxsan voqea joyiga yo‘l olgan. Yong‘in hududiga mamlakat sog‘liqni saqlash ishlari vaziri ham tashrif buyurgan.

"Kollamdagi ibodatxonada ro‘y bergan fojia qalbimizga keltirgan jarohatlarni va qayg‘uni so‘z bilan ifodalash imkonsiz. Men qurbonlarning yaqinlari bilan hamdardman, qurbonlar ruhi uchun ibodat qilaman", deya yozadi bosh vazir o‘z tvitterida.

10 aprelga o‘tar kechasi Kollam shahridagi ibodatxonada chiqqan yong‘inga diniy tantanalar vaqtida ishlatilgan mushaklarning portlashi sabab bo‘lgan. Ayni vaqtda Hindistonda 14 aprelda boshlanuvchi quyosh Yangi yiliga bag‘ishlangan tantanalar o‘tmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: