Germaniyada 76 nafar aqidaparastni hibsga olish uchun order berildi

Jahon 10:58 / 10.04.2016 948

Germaniya federativ respublikasi hukumati mamlakat politsiyasi ro‘yxatlarida qayd etilgan 76 nafar aqidaparastni qamoqqa olish uchun order berdi. Ular istalgan vaqtda teraktlar uyushtirishi mumkinligi xavfi tufayli qo‘lga olinadi. Bu haqda Welt am Sonntag xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, mamlakat hududini keyingi vaqtlarda 800 nafar aqidaparast tark etgan va ularning 60 foizi radikal guruhlar a'zosi bo‘lgan.

Shundan 130 nafari Suriya va Iroq shimolida turli terrorchi guruhlar saflaridagi janglarda halok bo‘lgan.

Shuningdek, ularning aksar qismi 30 yoshgacha bo‘lgani aytilgan. Nemis politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, chiqib ketganlarning uchdan bir qismi mamlakatga teraktlar uyushtirish maqsadida qaytib kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: