Islandiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Iqtisodiyot 12:55 / 08.04.2016 1435

Islandiya baliqchilik va qishloq xo‘jaligi vaziri Sigurdur Ingi Yoxannsson ofshor mojarosi sababli iste'foga chiqqan Sigmyundyur Gyunnleygssondan so‘ng mamlakatning bosh vaziri bo‘lganligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar yozgan.

"Albatta, bu zo‘r imkoniyat, biroq u g‘alati sharoitda yuz berdi... Men bosh vazir sifatida siyosat va siyosatchilarga ishonchni oshirish uchun kamtarin bo‘lishim muhim", -dedi Yoxannsson.

Islandiyaning sobiq bosh vaziri Sigmyundyur Gyunnleygssond Panama ofshorlari bilan bog‘liq mojaro tufayli iste'foga chiqdi. Mossack Fonseca yuridik firmasining hujjatlarida vazirning nomi keltirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: